Turin shahrining Yuventus yarim himoyachisi Fabio Miretti karerasini turk Superligasida davom ettiradi. Italiyalik futbolchining yangi jamoasi Istanbulning Beshiktash klubi bo'ldi.
Klubning matbuot xizmati ma'lum qilishicha, tomonlar kelasi yilning iyun oyigacha mo'ljallangan ijaraga oid shartnoma tuzdilar. Ijara Beshiktashga ikki million evroga tushadi. Shartnomada Mirettini 13 million evroga sotib olish imkoniyati ko'zda tutilgan.
«Fabio, yangi sarguzashtingda omad tilaymiz», - deya ta'kidlangan Yuventusning xabarida.
Miretti - «qadimgi sinyoraning» akademiyasida o'sgan futbolchi. U Yuventusning asosiy jamoasida 86 uchrashuv o'tkazib, uchta gol urgan va oltita golli uzatma bergan.
