«Veneziya» yana mag'lubiyatga uchradi, agar birinchi turda Seriya Ada u minimal farq bilan yutqazgan bo'lsa, endi «Milan»dan ikki marta gol o‘tkazib yubordi. Shunga qaramay, klub murabbiyi Djovani Stroppa tenglik natijasi uchun umidvor ekanligini bildirdi.

«Yaxshi, lekin bu yetarli emas. Ko'proq ish qilishimiz kerak. Men mamnunman, lekin o'tgan yakshanba kabi, yaxshi o'yin ko'rsatganingizda, o'zingizga ishonch hosil qilasiz. Biz tenglik o‘ynashimiz mumkinligiga ishonardik», - deya Stroppaning so'zlarini keltiradi pianetamilan.it.

Kelasi turda «Veneziya»ning mavsumdagi birinchi ochkolarini olish imkoniyati bor - u «Frozinone»ga qarshi o'yin o‘tkazadi.