Italiyaning «Lechche» klubi liviyalik «Al-Svehli» klubi va o'zining sobiq o'yinchisi, zambiyalik Lamek Banda bilan sudlashmoqchi. U 21-iyulda jamoa ta'tildan qaytganda, klubga qaytishni rad etdi.
Keyinchalik ma'lum bo'lishicha, u saudiya klubiga, ya'ni «Al-Fateh»ga qo'shilmoqchi bo'lgan va italiyaning klubiga rasmiy taklif ham kelgan - ammo bu taklif rad etilgan.
Liviya klubi «Al-Svehli» esa hech kimga murojaat qilmay, o'yinchi bilan shartnoma tuzilganini e'lon qilgan, deb xabar beradi derbyderbyderby.it.
Endi «Lechche»ning yuristlari bunday holatga qarshi sud jarayonlarini boshlashni rejalashtirmoqda.
