«Leganes» hujumchi Alvaro Morataning o'tishini yaqin ikki kun ichida e'lon qilishi mumkin.
Insayder Fabrizio Romano ma'lumotlariga ko'ra, klub «Como» bilan va o'z futbolchisi bilan hammasini kelishib olgan, oxirgi rasmiyatchiliklarni esa 24-48 soat ichida hal qilishni rejalashtirmoqda.
33 yoshli hujumchining Italiyaning «Como» klubi bilan amaldagi shartnomasi 2029 yil 30 iyungacha davom etadi. Uning bozor qiymati, Transfermarkt portaliga ko'ra, olti million evroni tashkil etadi.
«Como» tarkibida Yevropa chempioni va ikki karra Chempionlar ligasi g'olibi 30 ta o'yinda maydonga tushib, bitta gol urdi va ikki assist berdi.
