Xorvatiyalik hujumchi Petar Suchich Milanning «Inter» klubida o'zining ikkinchi mavsumiga tayyor. U o'zining so'zlariga ko'ra, «Inter»ga oshiq bo'lgan.

«Men bu klubga, muxlislariga va bu klubning bir qismi bo'lgan barcha insonlarga oshiqman. Bu dunyodagi eng yirik klublardan biri. Buni faqat bu yerga kelganda tushunish mumkin. O'ylaymanki, bu hayotimdagi eng yaxshi qaror edi», - deydi Suchich derbyderbyderby.it saytiga bergan intervyusida.

Ma'lumki, avval Suchich o'z vatanida «Dinamo» klubida o'ynagan.