Milanning “Inter” jamoasining chap qanot himoyachisi Karlos Augusto klub bilan shartnomasini uzaytirishga yaqin turibdi. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.

Hozirgi shartnoma braziliyalik futbolchining 2028 yilgacha amal qiladi, yangi kelishuv esa 2030 yilgacha mo‘ljallangan. Shuningdek, futbolchining maoshi oshirilishi kutilmoqda.

Karlos Augusto joriy mavsumda “Neradzurri” safida 12 ta o‘yinda maydonga tushib, bitta gol urdi va ikki golga uzatma berdi. Transfermarkt portali uning qiymatini 26 million yevroga baholamoqda.

9 noyabr, yakshanba kuni “Inter” o‘z maydonida Italiyaning “Latsio” jamoasini qabul qiladi. Bu o‘yin Seriya A chempionatining 11-turiga to‘g‘ri keladi.

Klub va futbolchi o‘rtasidagi yangi kelishuv tomonlarning manfaatlarini hisobga olgan holda amalga oshirilmoqda.