Kanadalik futbolchi Jonatan Devid qishki transfer oynasida “Yuventus”ni tark etishi mumkin. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.

Bu haqda Football Italia xabar bermoqda. Avvalroq 25 yoshli hujumchiga “Bavariya” va “Tottenhem” klublari qiziqish bildirgani aytilgan edi.

Endi esa uning xizmatlariga “Chelsi” klubi ham qiziqmoqda. Devid yaqin oylar davomida ko‘proq o‘yin amaliyoti olmasa, taklif qilingan variantlarni ko‘rib chiqishga tayyor.

Jamoaning yangi bosh murabbiyi Luchano Spalletti Devidni “Kremoneze”ga qarshi o‘yinda zaxiradan maydonga tushirdi. Shuningdek, u Devidni Lissabonning “Sporting” jamoasiga qarshi bahsda zaxirada qoldirishni rejalashtirmoqda.

Devid o‘tgan yoz “Yuventus”ga erkin agent sifatida qo‘shilgan, ammo shu mavsum barcha turnirlarda jami 12 o‘yinda maydonga tushib, faqat bitta gol urdi. Uning maydondagi ishtiroki va natijalari hozircha kutilgan darajada emas.

Shuning uchun futbolchi yangi imkoniyatlarni izlamoqda.