Sobiq “Milan” futbolchisi va murabbiy Roberto Donadoni besh yillik tanaffusdan so‘ng murabbiylik faoliyatini qayta boshladi. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.

Hozirda u Italiya Serie B ligasidagi “Spetsiya” jamoasining bosh murabbiyi hisoblanadi. 62 yoshli mutaxassis bilan bir yillik qisqa muddatli shartnoma imzolangan.

Donadonining murabbiylik faoliyatida ilgari “Livorno”, “Jenoa”, “Napoli”, Xitoyning “Shenchzhen” klublari va boshqa jamoalar bor. U 2006 yildan 2008 yilgacha Italiya milliy terma jamoasini boshqargan va 2008 yilgi Yevropa chempionatida chorak finalgacha yetib borgan.

Hozirda “Spetsiya” Italiya ikkinchi darajali ligasining asosiy zaif jamoalaridan biri hisoblanadi. Jamoa hozirga qadar faqat yetti ochko to‘plagan va musobaqa jadvalida 19-o‘rinni egallagan.

Donadoni jamoani yuqori pog‘onalarga olib chiqishga harakat qilmoqda.