«Latsio» «Inter» bilan yarimhimoyachi Davide Frattesining o'tishi bo'yicha og'zaki kelishuvga erishdi.
Bu haqda taniqli insayder Fabrizio Romano o'z sahifalarida ma'lum qildi. Manbaning ma'lumotlariga ko'ra, rim klubi italiyalikni bir million yevro evaziga ijaraga oladi. Shartnoma futbolchini 14 million yevro evaziga sotib olish imkoniyatini ham o'z ichiga oladi. Ma'lum shartlar bajarilganda, bu imkoniyat majburiy bo'ladi. Frattesi esa «Latsio»ga o'tish shartlarini allaqachon kelishib oldi.
26 yoshli markaziy yarimhimoyachi 2024 yildan buyon milanliklar safida o'ynaydi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilgacha davom etadi va uning narxi 22 million yevro deb baholanmoqda.
