Italiyaning Parma jamoasining darvozaboni Dzion Suzuki o‘z karerasini «Pari Sen-Jermen»da davom ettiradi. Avvalroq, klub 23 yoshli yaponchining transferini tasdiqlagan edi.
Jurnalist Nikolo Skira bu ma'lumotni tasdiqladi. Uning ma'lumotlariga ko‘ra, bonuslar hisobga olinganda transfer summasi 36 million evro bo‘ladi, va Dzion Suzuki 2031 yilgacha shartnoma imzolaydi. Kelasi ikki kun ichida futbolchi tibbiy ko‘rikdan o‘tishi va shartnomaga imzo qo‘yishi kerak.
2025/26 yilgi mavsumda Suzuki Seriya A va Italiya Kubogida 22 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Ushbu davrda u 30 gol o‘tkazib yuborib, oltita uchrashuvda darvozasi daxlsiz qoldi.
