Yoshlar jamoasi yarimhimoyachisi Isma'il Bennaser «Milan»ni tark etdi. Goal portalining xabar berishicha, 27 yoshli jazoirlik futbolchining shartnomasi tomonlarning o'zaro kelishuviga ko'ra bekor qilingan.

Bennaser 2019-yil yozida «Milan»ga «Empoli»dan 16 million evro evaziga o'tdi. Milan jamoasida o'ynagan davrida u Italiya chempioni va mamlakat Superkubogini qo'lga kiritdi. Oxirgi ikki mavsumda yarimhimoyachi ijarada bo'lib, «Marsel» va zagrebning «Dinamo» jamoalarida o'ynadi.

Fabrizio Romano ma'lumotlariga ko'ra, Bennaserni keyingi jamoasi qatarlik «Al-Garafa» bo'ladi. Futbolchining bozor qiymati 8 million evro bo'lib, u yangi jamoasiga joriy yozgi transfer oynasida qo'shilishi kutilmoqda.