Napoli hujumchisi Napoli» Romelu Lukaku «Monako» bilan muzokaralar olib bormayapti.

Bu haqda taniqli insayder Fabrizio Romano ma'lum qildi. Manbaning ma'lumotlariga ko'ra, hozirda tomonlar o'rtasida belgiyalik hujumchini transfer qilish bo'yicha hech qanday aloqa mavjud emas. Lukaku karerasini davom ettirish uchun bir necha variantlarni ko'rib chiqmoqda va bu yozda u Neapol klubini tark etishi kutilmoqda. Shu bilan birga, futbolchiga Manchester Yunayted» jamoasi qiziqish bildirmoqda.

Avvalroq, «Monako» Lukaku transferi bo'yicha ma'lumot so'raganligi haqida xabar berilgan edi. Matbuot ma'lumotlariga ko'ra, «Napoli» belgiyalik bilan taxminan 10 million evro evaziga xayrlashishga tayyor.