Himoyachi Nauel Molina klubini o'zgartirmoqda. Mashhur insayder Fabrizio Romano ijtimoiy tarmoqlarda xabar berganidek, «Roma» «Atletiko» bilan Molinaning 18 million evro evaziga transferi bo'yicha kelishuvga erishdi.
28 yoshli argentinalik bilan «Roma» shaxsiy shartnoma shartlarini muhokama qildi. Rasman e'lon qilishni kutyapmiz.
2020-2022 yillarda Nauel Molina «Udinze»da o'ynagan. Shundan so'ng, argentinalik to'rt mavsum davomida «Atletiko»da faoliyat yuritdi.
Shuni ta'kidlash joizki, 2026/2027 yilgi mavsumda «Roma» Seriya Ani Chempionlar ligasida namoyish etadi. O'tgan Italiya chempionatida rimliklar uchinchi o'rinni egalladilar.
