Madriddagi Real» yarim himoyachisi Franco Mastantuono Italiya chempionatida faoliyatini davom ettiradi.
Mashhur jurnalist Fabrizio Romano xabar berishicha, Real» va «Fiorentina» ertalab 18 yoshli argentinalik o'yinchini ijaraga olish bo'yicha yakuniy kelishuvga erishdi. 2026/27 mavsum tugagach, futbolchi madriddagi klubga qaytadi.
Mastantuono Real»ga 2025 yil yozida «River Pleyt»dan o'tganidan so'ng qo'shildi. O'ng qanot hujumchisi madriddiklar safida jami 35 rasmiy o'yinda maydonga tushdi, ularda uch marta raqiblar darvozasini ishg'ol qildi va bir marta hamkoriga gol pas berdi.
