«Pari Sen-Jermen» Parma» darvozaboni Dzion Sudzukiga 33 million yevro taklif qildi.
Fransuz klubi, mashhur insayder Fabrizio Romano ma'lumotlariga ko'ra, yaponiyalik futbolchi uchun 33 million yevro taklif qilgan. Parijliklar darvozabon uchun raqobatda yetakchilik qilmoqda – ular birinchi bo'lib rasmiy taklif yuborgan. Yuventus ham qiziqish bildirgan, lekin hozircha aniq taklif bilan chiqmagan.
«PSJ»da Dzion Sudzuki, o'zining birinchi mavsumini «Lill»dan o'tganidan so'ng muvaffaqiyatsiz o'tkazgan Luka Shevaleni almashtirishi mumkin.
Sudzuki barcha musobaqalarda Parma» uchun 59 o'yin o'tkazdi va 83 gol o'tkazib yubordi. 21-avgustda darvozabon 24 yoshga to'ladi.
