Italiyaning eng yuqori ligasiga qaytgan «Monza» yangi transferini e'lon qildi - klub tarkibini 22 yoshli yarim himoyachi Ebenzer Akinsanmiro to'ldirdi. Uning huquqlari milanlik Interga tegishli, lekin futbolchi butun karerasini turli ijaralarda o'tkazdi.

U avval «Piza»da o'ynagan va ushbu klubga qaytishiga yaqin bo'lgan, ammo «Monza» tezroq harakat qilib, uni keyinchalik sotib olish huquqi bilan ijaraga oldi. Ayni paytda, shartnoma tafsilotlari haqida boshqa ma'lumotlar berilmagan.

Eslatib o'tamiz, italiyaning Seriya A chempionatining yangi mavsumi 22-avgustda boshlanadi.