Payshanba kuni «Yuventus» klubi bosh murabbiy lavozimiga Lyuchano Spalettini tayinlaganini e’lon qildi. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.

Kutilganidek, 66 yoshli mutaxassis Turin jamoasi bilan joriy mavsum oxirigacha mo‘ljallangan shartnoma imzoladi. Sky Sport ma’lumotlariga ko‘ra, shartnomada jamoa Chempionlar ligasiga yo‘llanma olgan taqdirda avtomatik ravishda shartnomani uzaytirish bandi mavjud emas.

Ushbu band shartnomaga kiritilgan bo‘lsa-da, majburiy emas. Tomonlar 2026 yil yozida hamkorlikni tugatish huquqiga ega, jamoa eng nufuzli Yevropa kubogiga yo‘llanma olsa ham.

Shuni eslatib o‘tish joizki, iyun oyida Lyuchano Spaletti deyarli ikki yil davomida bosh murabbiy bo‘lgan Italiya terma jamoasi boshqaruvchilik lavozimidan ketgan edi.