Serbiyalik himoyachi Strahinya Pavlovich Luka Modrichning, xorvat yarimhimoyachisi «Milan» bilan yana bir mavsum qolishidan juda mamnun.
Modrich o'tgan yozda Italiyaga ko'chib o'tgan edi, lekin «Milan» Chempionlar ligasiga chiqolmagach, faoliyatini tugatishga tayyor edi - ammo hozir fikrini o'zgartirdi.
«Luka - g'ayrioddiy inson. Bunday chempiondan doimiy ravishda o'rganish mumkin. Men juda, juda xursandman, u biz bilan bir yil, balki undan ham ko'proq qoladi... », - deya Strahinya Pavlovichning so'zlarini keltiradi derbyderbyderby.it.
Strahinya Pavlovich esa, eslatib o'tamiz, 2024 yildan beri «Milan» uchun maydonga tushmoqda.
