«Fiorentina» madridning «Real» himoyachisi Viktor Valdepenyasti o'z safiga qo'shib olganini e'lon qildi. Italiyaning ushbu klubi 19 yoshli futbolchining huquqlarini doimiy asosda sotib oldi.

Valdepenyas 2006-yil 20-oktabrda Madridda tug'ilgan va «Real» akademiyasidan o'tgan. O'tgan mavsumda himoyachi 37 uchrashuvda maydonga tushib, 3 gol urdi, 1 golli uzatma berdi va 8 ogohlantirish oldi (1 uchrashuv - asosiy jamoada). U UEFA Yoshlar ligasida g'olib bo'lgan.

Shuningdek, himoyachi Ispaniya U19 terma jamoasi uchun 5 uchrashuv o'tkazdi. Transfermarkt portaliga ko'ra, futbolchi «fialkalarga» 8 million evroga tushdi.