«Milan» vakillari jamoaning sobiq o'yinchisi Franko Barezi o'limi haqidagi ma'lumotlarni rad etishdi.

Ma'lumki, 2025 yil avgustida Barezi o'pka tugunini olib tashlash operatsiyasini o'tkazdi va keyin immunoterapiya kursini o'tadi. Klubning bayonotida uning hozirgi holatini ushbu kasallik bilan bog'lamasliklari va hech qanday tibbiy tafsilotlarni oshkor qilmasliklari ta'kidlangan.

«Milan» oxirgi paytlarda tarqalgan Franko Barezi haqidagi yolg'on xabarlarni rad etadi. Hozirda Franko qiyin davrni boshdan kechirmoqda, klub esa unga va uning oilasiga to'liq yordam ko'rsatmoqda», - deyiladi jamoaning ijtimoiy tarmoqlardagi matnida.

«Biz hammadan uning shaxsiy hayotiga hurmat bilan qarashni va asossiz ma'lumotlarni tarqatmaslikni so'raymiz».

Hozirda Barezi 66 yoshda. U himoyachi sifatida faoliyat yuritib, «Milan» tarkibida butun professional karerasini o'tkazdi va 16 ta kubokni qo'lga kiritdi. Shuningdek, 1982 yilda Italiya terma jamoasi bilan jahon chempioni bo'lgan.