«Latsio» yangi mavsum o'yinlari uchun abonementlarni sotishda muammolarga duch kelmoqda. Bu haqda Calcio e Finanza xabar bermoqda.
O'tgan yili rim klubi 29918 ta abonement sotdi. Hozirda bu ko'rsatkich taxminan 2000 ni tashkil etmoqda. Bunga sabab, klub prezidenti Klaudio Lotito ga qarshi davom etayotgan muxlislar protestidir. Tashkil etilgan muxlis guruhlari abonementlarni yangilamaslikka va jamoani faqat safar o'yinlarida qo'llab-quvvatlashga chaqirishdi.
2022 yildan 2026 yilgacha «Latsio» har mavsumda taxminan 30 mingta abonement sotishni davom ettirdi. Eng past ko'rsatkich 2016 yilda 4 mingta abonement bo'lgan, bu ko'rsatkich 20 avgustgacha yangilanishi mumkin.
