Italiyaning Venezia jamoasi yuqori ligaga qaytdi va kelgusi mavsumda Seriya Ada o'ynaydi. Klub rahbariyati muxlislarni o'ziga jalb qilish uchun g'ayrioddiy usulni tanladi, bu orqali ularni uy o'yinlariga ko'proq jalb qilishni maqsad qilmoqda. Buning uchun shaharning madaniy va sayyohlik xususiyatlari ishlatiladi.

Shu munosabat bilan «Premium Hospitality Experience» tashabbusi taqdim etildi, unda har bir o'yinda 75 muxlis 500 evro evaziga an'anaviy gondoladan shaharni ko'rish, mahalliy taomlarni tatib ko'rish va eng yaxshi muzeylarga tashrif buyurish imkoniyatiga ega bo'ladi. Bularning barchasi o'z brendini mustahkamlash strategiyasi doirasida amalga oshirilmoqda.