Xorvat yarimhimoyachisi Luka Modrich yangi shartnoma imzolagandan so'ng, «Milan» muxlislariga murojaat qildi. Yangi shartnoma muddati 1 yilni tashkil etadi.

«Men «Milan»da qolishdan baxtiyorman - bu klubda men birinchi kundan buyon iliqlik va qo'llab-quvvatlashni his qildim. Bizning kutganimizdan ko'ra kamroq natijalar ko'rsatgan o'tgan mavsumdan so'ng, o'zimizni tuzatish uchun katta istak bor. Bizni yangi mavsum va yangi chaqiruv kutmoqda - men ishonadigan va meni rag'batlantiradigan loyiha. Men bu futbolka uchun barcha kuchimni berishga tayyorman va bu ranglarni himoya qilishdan g'ururlanaman. «San-Siro»ga qaytishni va siz bilan uchrashishni intiqlik bilan kutyapman. Tez orada ko'rishamiz. Oldinga, «Milan»!» - deydi Modrichning so'zlarini Goal portali keltiradi.

«Milan» safida 37 uchrashuvda 2 gol va 3 golli uzatma bilan ajralib turdi.