Xorvat yarim himoyachisi Luka Modrich katta ehtimol bilan kelasi mavsumda «Milan» safida o'ynashda davom etadi.
Oldinroq, bu o'yinchi italiyalik jamoa bilan 2027 yilgacha amal qiladigan yangi shartnoma imzolashi haqida ma'lumotlar paydo bo'lgan. Tomonlar allaqachon barcha shartlarda kelishib olganligi haqida xabar berilgan.
Insayder Nikolo Skira o'z sahifalarida xabar berishicha, Modrichning yangi shartnomasi bo'yicha maoshi mavsumda 4,5 million evro bo'ladi.
Esingizda bo'lsin, Modrich 2025 yilning o'rtalarida «Milan»ga o'tgan. U «rossoneri» safida o'zining birinchi mavsumida barcha musobaqalarda 37 o'yinda ikki gol urdi va uch assist berdi.




