«Milan» hujumchisi Rafael Leau «Galatasaray» va «Fenerbahce»ning transfer maqsadlaridan biri bo'lib qolmoqda.

Har ikkala turk klubi 27 yoshli futbolchiga yiliga taxminan 10 million evro to'lashga tayyor, deb xabar beradi insayder Janluici Longari. «Galatasaray» o'yinchini ijaraga olishni afzal ko'rsa, «Fenerbahce» to'g'ridan-to'g'ri transferni amalga oshirishga tayyor.

Rafael Leauning Transfermarkt portalidagi baholangan qiymati 50 million evro. O'tgan mavsumda portugalik futbolchi «rossoneri» safida 31 ta o'yin o'tkazib, 10 ta gol urdi va 3 ta golli uzatma berdi.