«Napoli» bosh murabbiyi Massimiliano Allegri sog'liq muammolari tufayli rejalashtirilgan muxlislar bilan uchrashuvni bekor qildi. Bu haqda Football Italia xabar bermoqda.
Manbaning ma'lumotlariga ko'ra, Allegri gripp simptomlarini his qilmoqda. Noqulaylik sababli neapolliklarning yangi murabbiyi bugungi jamoa mashg'ulotini ham o'tkazib yubordi. Mashg'ulotni uning yordamchilaridan biri o'tkazdi.
Allegri, agar holati yomonlashmasa, chorshanba kuni ishga qaytishi kutilmoqda. 66 yoshli murabbiy o‘tgan hafta «Napoli» murabbiyi sifatida San-Karlo teatrida klub prezidenti Aurelio de Laurentiis ishtirokida maxsus marosimda taqdim etilgan edi.
«Napoli»ning yaqinlashayotgan nazorat o'yini chorshanba kuni «Aretso»ga qarshi bo'lib o'tadi.




