Bastoni manfaatlarini himoya qiluvchi agent Tullio Tinti, o'z mijozining Milanning «Inter» klubidan ketishi haqidagi mish-mishlarga izoh berdi.

27 yoshli futbolchiga qiziqish oxirgi paytlarda Saudiya Arabistonining «Al-Hilal» klubiga bog'lanmoqda, bu klubni sobiq «neradzurri» murabbiyi Simone Indzaghi boshqarmoqda.

«Al-Hilal haqida ma'lumotlar to'g'rimi? Men va mening futbolchilarim shartnomalarga hurmat bilan yondoshamiz. Bastonining «Inter» bilan shartnomasi yana ikki yil davom etadi va u klubga oshiq, shuning uchun ketish haqida o'ylamaydi. Alessandro – haqiqiy interist.

Agar «Inter» va Bastonini qoniqtiradigan takliflar kelib tushsa, bu haqida gaplashish mumkin. Hozirda bu faqat taxminlar», – deydi jurnalist Daniele Mari agent so'zlarini keltirib.

Oldinroq, Alessandro Bastoni uchun Madridning «Real» va «Barselona» klublari ham da'vogar sifatida ko'rsatilgan edi.