Luka Modrich, ko'rinishidan, «Milan»da yana bir mavsum qoladi. Tomonlar 40 yoshli futbolchining yangi shartnomasining oxirgi tafsilotlarini muhokama qilmoqda, deb xabar bermoqda insayder Janluka di Marzio. Agar kutilmagan voqealar sodir bo'lmasa, tez orada «rossoneri» xorvat futbolchisi bilan shartnoma uzaytirilgani haqida e'lon qiladi.

Yulduz yarim himoyachi o‘tgan yozda Madridning «Real» klubidan «Milan»ga erkin agent sifatida o'tdi. O'tgan shartnoma iyun oyining oxirida tugadi.

Modrich o'tgan mavsumda milanliklar safida 37 o'yin o'tkazdi, 2 ta gol urdi va 3 ta golli pas berdi.