Turkiyaning «Galatasaray» klubi «Yuventus» himoyachisi Gleison Bremega qiziqish bildirmoqda. Sky Sport ma'lumotlariga ko'ra, klub braziliyalik futbolchining atrofidagi shaxslar bilan bog'lanib, bitimning imkoniyatlarini baholamoqda.

Ushbu muzokaralar davomida «Galatasaray» futbolchiga yuqori maoshli shartnoma taklif qildi, shunda Breme Istanbulga ko'chib o'tishga rozi bo'lishi mumkin. Ammo hozircha «Yuventus»ga rasmiy taklif kelib tushmagan.

«Yuventus» esa Bremega o'z mudofaasining muhim o'yinchisi sifatida qaramoqda va uni faqat juda katta summaga sotishga tayyor. Hozircha muzokaralar eng dastlabki bosqichda bo'lib, bu qiziqish klub o'rtasida to'liq transfer savdolarga aylanishi-ayoqligi noma'lum.