Italiya terma jamoasi va «Udinese» hujumchisi Nikolo Dzyanolo asosiy jamoa bilan ishlashdan chetlatilishi mumkin. Bu haqda Gazzetta dello Sport xabar bermoqda.

26 yoshli futbolchi hali ham klubning mavsumoldi tayyorgarligiga qo'shilmagan. Manbaning ma'lumotlariga ko'ra, o'yinchi yangi shartnoma shartlaridan norozi va hozircha kelishuvni imzolashdan bosh tortmoqda.

«Udinese» mavsum tugagach, Dzyanoloni «Galatasaray»dan sotib oldi. Uning hozirgi shartnomasi 2029 yilgacha mo'ljallangan, ammo o'yinchi yangi kelishuvning moliyaviy shartlaridan norozi. Ularning qayta ko'rib chiqilishi bo'yicha muzokaralar to'xtab qoldi.

Agar Dzyanolo 22 iyulda mavsumoldi yig'inining ikkinchi bosqichiga qaytmasa, u asosiy jamoa bilan mashg'ulotlardan chetlatilishi mumkin.

Oldinroq, hujumchini bir nechta Seriya A klublariga taklif qilishgan, ammo uning transferi bo'yicha rasmiy takliflar hali kelmagan.