Kataloniyaning «Barselona» klubining himoyachisi Andres Kuenka italiyaning chempionatiga ko'chishga yaqin. Bu haqda mashhur insayder Fabrizio Romano ijtimoiy tarmoqlarda ma'lum qildi.

Manbaning ma'lumotlariga ko'ra, 19 yoshli futbolchi yaqin kunlarda «Como»ga yetib keladi va o'z karerasini davom ettiradi. Tomonlar uzoq muddatli mehnat shartnomasini imzolashadi. Potentsial bitimning qiymati 700 ming evro deb baholanmoqda.

O'tgan mavsum natijalariga ko'ra, «Como» 71 ball to'plab, italiyaning Seriya A jadvalida to'rtinchi o'rinni egalladi. Shu tariqa, jamoa UEFA Chempionlar ligasining keyingi musobaqasiga yo'l oldi.