«Yuve ntus» forvardi Loi Openda fransuzning «Lans» jamoasining ro'yxatida mavjud.
Jurnalist Nikolo Skira ma'lumotlariga ko'ra, «Lans» 26 yoshli belgiya futbolchisini ijaraga olish uchun «Yuve ntus»ga so'rov yuborgan. Openda joriy yozda «RB Leypsig»dan doimiy asosda Italiyaga o'tdi. Biroq, «Lans» forvardning yillik to'lovi bo'lgan to'rt million evroni to'lashga tayyor emas va «Yuve ntus»dan yordam so'ragan.
Turinliklar o‘tgan yozda forvardni «RB Leypsig»dan majburiy xarid bilan ijaraga olgan edi, lekin endi uni sotmoqchi. Openda jamoa safida barcha turnirlarda 34 uchrashuvda ishtirok etib, ikki gol urdi.
Futbolchining «Yuve ntus» bilan shartnomasi 2030 yilgacha davom etadi.




