Himoyachi Fikayo Tomori bu yozda «Milan»dan ketishi mumkin.
La Gazzetta dello Sport ma'lumotlariga ko'ra, «Yuventus» 28 yoshli ingliz futbolchisini qo'lga kiritish imkoniyatini ko'rib chiqishi mumkin. Federiko Gatti sotilishi Turin klubini Tomorini transfer qilishga undashi mumkin.
Fikayo Tomori 2021 yilda «Milan»ga «Chelsi»dan 28 million evro evaziga o'tdi. Uning Milan klubi bilan shartnomasi 2027 yil 30 iyungacha davom etadi. O'tgan mavsumda ingliz futbolchisi «rossoneri» safida barcha musobaqalarda 33 ta o'yin o'tkazib, ikki golli uzatma berdi. Transfermarkt portali Tomorining narxini 17 million evro deb baholamoqda.




