Italiyaning tajribali hujumchisi Marios Balotelli Turinning «Yuventus» klubiga o'tishga yaqin bo'lganini aytdi. Uning so'zlariga ko'ra, bu voqea «Yuventus» Italiya chempionatida tengsiz bo'lgan va chempionlikni qo'lga kiritayotgan davrda sodir bo'lgan.

«Ha, shunday bo'lgan. Bunday imkoniyat «Manchester Siti»dagi chiqishlarimdan so'ng paydo bo'ldi. Lekin men «Milan»ni tanladim va afsuslanmayman. Garchi o'sha paytda «Yuventus» juda kuchli edi», - deydi Marios Balotelli pianetamilan.it saytida.

Eslatib o'tamiz, hozirda qora tanli hujumchi Birlashgan Arab Amirliklari chempionatida o'ynamoqda.