Forvard Paulo Dibala yangi shartnoma imzolaydi va «Roma»da o'z faoliyatini davom ettiradi. Corriere dello Sport ma'lumotlariga ko'ra, 32 yoshli argentinalik Rim klubi bilan yangi mehnat shartnomasini tuzishga kelishib olgan. Dibalaga shunchaki shartnomaga imzo qo'yish qolgan.
Shartnoma 2026/2027 mavsumiga mo'ljallangan. Manbaning ma'lumotiga ko'ra, Dibalanning soliq to'langandan keyingi maoshi taxminan 3 million evro va bonuslarni o'z ichiga oladi.
Paulo Dibala «Roma»da to'rt mavsum o'tkazdi. Bu davrda argentinalik 140 o'yin o'tkazib, 45 gol urdi va 30 golga uzatma berdi.
«Roma» kelgusi mavsumda Italiyani Chempionlar ligasida namoyish etadi.




