Roman tajribali himoyachisi Lorenzo de Silvestri va «Bolonya» o'rtasidagi hamkorlik davom etadi - tomonlar kelishuvni yana bir mavsumga uzaytirdi. Hozirda futbolchining yoshi 38da, lekin u hali ham jamoaga yordam berish uchun kuchini his qilmoqda. Shartnoma uzaytirilgani haqida «Bolonya»ning rasmiy sayti xabar berdi.  

Eslatib o'tamiz, de Silvestri 2020 yilda hozirgi klubiga qo'shilgan. Undan oldin u Rimning «Latsio», Genuyaning «Sampdoriya», Turinining «Torino» va «Fiorentina» jamoalarida o'ynagan. Shuningdek, 2010-2016 yillar davomida de Silvestri Italiya terma jamoasiga chaqirilgan va unda oltita o'yin o'tkazgan.