Flank himoyachisi «Atletiko» Madrid va Argentina terma jamoasidan Naueyl Molina «Napoli»ga o'tishi mumkin. Ushbu ma'lumotni insayder Nikolo Skira tarqatgan.
Manbaning xabariga ko'ra, 28 yoshli argentinalik «Napoli»dan taklif olgan. Biroq, tomonlar o'rtasida hali hech qanday aniq kelishuv yo'q — italiyalik klub faqatgina «Atletiko» va futbolchining talablarini bilish uchun maydonni o'rganishni boshlagan.
2025/26 yilgi mavsumda Molina barcha musobaqalarda 46 uchrashuvda qatnashib, ikki gol urdi va to'rt golli uzatma berdi.
Transfermarkt mutaxassislari himoyachining narxini 15 million evro deb baholamoqda.




