Italiyaning «Milan» klubi 27 yoshli qanot o'yinchisi Kristian Pulisich bilan mehnat shartnomasini uzaytirmoqchi. Bu haqda insayder Nikolo Skira xabar bermoqda.
Manbaning ma'lumotlariga ko'ra, hozirda Pulisich yiliga 4,5 million evro maosh olmoqda va o'z daromadini 7-8 million evrogacha oshirishni talab qilmoqda. Agar tomonlar kelishsa, amerikalik futbolchining yangi mehnat shartnomasi 2031 yilgacha amal qiladi.
Bundan tashqari, Pulisich avvalroq MLS klubi tomonidan katta taklif olgani haqida xabar berilgan. «Nyu-York Siti» futbolchiga yiliga taxminan o'n million evro to'lashga tayyor.
O'tgan mavsumda Pulisich barcha turnirlar bo'yicha 34 ta o'yinda qatnashib, 10 ta gol urdi va 4 marta hamkorlariga assistentlik qildi.
O'yinchining «Milan» bilan amaldagi shartnomasi kelasi yozgacha davom etadi.




