Yarim himoyachi Kefren Tyuram yozda «Yuventus»dan ketishi mumkin.

Jurnalist Alfredo Peduliyaning ma'lumotlariga ko'ra, Turin klubi fransuz futbolchisi bilan yozgi transfer oynasida xayrlashishga tayyor. «Yuventus» o'z yarim himoyachisini sotishdan taxminan 45 million evro (bonuslar bilan birga) olishni maqsad qilgan.

Kefren Tyuram 2024 yilda «Nitsa»dan «Yuventus»ga 20 million evro evaziga o'tdi. Uning shartnomasi 2029 yil 30 iyungacha davom etadi. 2025/26 yilgi mavsumda yarim himoyachi Turin klubi safida barcha musobaqalarda 45 ta o'yin o'ynab, to'rt gol urdi va beshta golli uzatma berdi. Transfermarkt portali Tyuramnig narxini 38 million evro deb baholamoqda.