«Yuventus» hujumchi Jonatan Devid bilan xayrlashmoqchi.

Tuttosport ma'lumotlariga ko'ra, Turin klubi yozda forvardni sotmoqchi. Kanadalik futbolchidan «biyankonerilar» 35 million evro daromad olishni rejalashtirmoqda. Ammo hozircha hech qanday klub Devidni sotib olishga qiziqish bildirmadi. Buning sababi, hujumchining yillik maoshi olti million evrodir.

Jonatan Devid 2025 yilda «Yuventus»ga «Lill»dan erkin agent sifatida o'tdi. Uning shartnomasi 2030 yil 30 iyungacha davom etadi. 2025/26 mavsumida hujumchi Turin klubida barcha turnirlarda 46 o'yin o'tkazib, sakkiz gol urdi va beshta golli uzatma berdi. Transfermarkt portalida Devidning narxi 30 million evro deb baholanmoqda.