O'tgan «Milan» va Italiya terma jamoasi futbolchisi Kristian V'yeri Gonsalu Ramushning «Milan»ga o'tishi haqida fikr bildirdi.

«Milan»da Gonsalu Ramush kabi hujumchi o'tgan o'n yilda bo'lmagan. Bu ajoyib futbolchi. «Milan» jahon darajasidagi o'yinchini qo'lga kiritdi», - deydi V'yeri La Gazzetta dello Sport nashriga.

Gonsalu Ramush bu yozda «PSJ»dan «Milan»ga 74 million yevro evaziga o'tdi. Portugaliyalik «rossoneri» bilan 2031 yil 30 iyungacha shartnoma imzoladi. 2025/26 mavsumida hujumchi «PSJ»da barcha musobaqalarda 45 o'yin o'tkazib, 12 gol urdi va ikki golli uzatma berdi.