Markaziy yarim himoyachi Genrix Mxitaryan milanlik «Inter» bilan mehnat shartnomasini uzaytirdi. Bu haqda italiyalik klubning matbuot xizmati rasmiy saytida muxlislarga ma'lum qildi.

Armaniston terma jamoasining veteran o'yinchisi «nerazzurri» safida yana bir yil - 2026/2027 mavsumi oxirigacha o'ynaydi.

«Mxitaryan «Inter»ga o'tganidan beri jamoaga katta tajriba, ajoyib texnik ko'nikmalar va noyob taktik sezgi olib keldi, u «nerazzurri» yarim himoyasida muhim figura sifatida o'zini ko'rsatdi, - deyiladi klub xabarida.

37 yoshli yarim himoyachi 2022 yildan buyon milanlik jamoada o'ynaydi. Uning hisobida barcha musobaqalarda 187 o'yin, 12 gol va 21 assist bor. «Inter» tarkibida Mxitaryan ikki marta Italiya chempioni bo'lgan.