Italiyaning «Napoli» klubida shotlandiyalik yarim himoyachi Skott McTominay bo'yicha rejalar aniqlashtirildi. Bu haqda Calciomercato jurnalistlari xabar bermoqda.
Neapolitanlar joriy transfer oynasida futbolchi bilan xayrlashmoqchi emaslar. «Napoli» rahbariyati McTominayga yangi mehnat shartnomasini taklif qilishni rejalashtirmoqda. 29 yoshli yarim himoyachining amaldagi shartnomasi 2028 yilning iyun oyigacha davom etadi va uning bozor qiymati 40 million evrodir.
O'tgan mavsumda italiyaning Seriya A ligasida shotlandiyalik futbolchi 33 uchrashuv o'tkazdi. U o'z hisobiga o'n gol va uch assist yozdirgan.




