«Milan» bu yozda hujum liniyasini kuchaytirishni rejalashtirmoqda. «Rossoneri»ning asosiy maqsadi «PSG» forvardi Gonsalu Ramushni qo'shib olishdir.
Jurnalist Janluka di Marzio o'z saytida xabar berganidek, Ramush «Milan»ga o'tishga ijobiy munosabatda. «Rossoneri» allaqachon agent Jorge Mendes bilan bog'langan va muzokaralar davom etmoqda. Gonsalu tez orada qizil-qora futbolkani kiyishi ehtimoli yuqori.
Muallifiyatli portal Transfermarkt 25 yoshli Gonsalu Ramushni 30 million yevro deb baholamoqda. Hozirda futbolchi Portugaliya terma jamoasi bilan jahon chempionatida joylashgan.




