«Yuventus» bu yozda yangi darvozabon izlayapti.

Tuttosport ma'lumotlariga ko'ra, Turin klubi «Roma» darvozaboni Mile Svilarni sotib olish variantini ko'rib chiqmoqda. Rim jamoasi o'z futbolchisi uchun 35 dan 40 million evrogacha bo'lgan summani talab qilmoqda.

Mile Svilar 2022 yilda «Benfika»dan «Roma»ga erkin agent sifatida o'tdi. Uning «bo'rilar» bilan tuzgan shartnomasi 2030-yil 30-iyungacha davom etadi. 2025/26 yilgi mavsumda 26 yoshli darvozabon Rim jamoasi safida barcha musobaqalarda 48 ta o'yin o'tkazib, 44 gol o'tkazib yuborgan va 21 ta o'yinda darvozasi daxlsiz qolgan. Transfermarkt portalida Svilarning narxi 35 million evroga baholanmoqda.