Milanning «Inter» klubi himoyachi Federiko Dimarko bilan mehnat shartnomasini uzaytirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda insayder Nikolo Skira xabar bermoqda.
Manbaning ma'lumotlariga ko'ra, yaqin kunlarda tomonlar o'rtasida 2030 yilgacha yangi shartnoma bo'yicha to'g'ridan-to'g'ri muzokaralar o'tkazilishi kutilmoqda. Dimarko ning hozirgi shartnomasi «Inter» bilan 2027 yil yozida tugaydi, ammo «nerazzurri» 2028 yilgacha uzaytirish opsiyasini faollashtirishni rejalashtirmoqda.
Dimarko — «Inter» tarbiyalanuvchisi. O'tgan mavsumda u barcha musobaqalarda 47 o'yinda maydonga tushib, 8 ta gol urdi va 18 ta golli pas berdi.
2025/26 mavsum yakunida «Inter» Italiya chempioni bo'ldi. 38 turda jamoa 87 ochko to'pladi.




