Zashitnik Alessio Romagnoli rasmiy ravishda «Latsio»dan ketdi va kariyerasini Qatarning «Al-Sadd» klubida davom ettiradi.

Jurnalist Janluka di Marzio ma'lumotlariga ko'ra, 30 yoshli italiyalik futbolchi Qatar klubiga shartnoma imzolagan. Yaqin soatlarda unga tibbiy ko'rik o'tkazilishi rejalashtirilgan.

Romagnoli «Latsio»da so'nggi 4 mavsum davomida o'ynadi va Mauritsio Sarri boshqaruvida himoya chizig'ining muhim o'yinchilaridan biri bo'ldi. 2025-26 mavsumida u 37 o'yin o'tkazdi (32 ta Seriya A va 5 ta Italiya Kubogida) va 1 gol urdi - «Atalanta»ga qarshi yarim finalning javob o'yinida.

Boshqa manbalarga ko'ra, «Latsio» taxminan 3 million evro oladi, Romagnolining maoshi esa mavsumiga 6 million evroga teng bo'ladi.