24 yoshli qanot o‘yinchisi «Marsel»dan Maysun Grinvud «Roma»da o‘yin faoliyatini davom ettirishi mumkin.
Repubblica ma'lumotlariga ko‘ra, «Roma» «Marsel»ga 75 million yevro taklif qilishga tayyor. Biroq, hozirda rimliklar fransuz klubiga faqat 20 million yevro o‘tkazmoqchi, qolgan 55 millionni esa ikki yoki uch yilga bo‘lib to‘lashni rejalashtirmoqda.
Manbaning ma'lumotlariga ko‘ra, «Roma» allaqachon Grinvud bilan kelishuvga erishgan. O‘yinchi transfer amalga oshganda yillik 5 million yevro maosh oladi va bu bosqichma-bosqich oshiriladi.
O‘tgan mavsumda Grinvud barcha musobaqalarda 45 ta o‘yinda qatnashib, 26 ta gol urdi va 11 marta hamkorlariga assistentlik qildi.




