Yarim himoyachi «Korintians»dan Andre «Milan»ga o‘tmaydi. Bu haqda MilanNews xabar bermoqda.

Manbaning ma'lumotlariga ko‘ra, avvalroq «Milan» braziliyalik klub bilan Andre transferini 17 million evro evaziga kelishib olgan edi, ammo keyinchalik «Korintians» shartlarni o‘zgartirib, summani oshirdi. Shu sababli «rossoneri» muzokaralardan chiqishga qaror qildi.

Shuni ta'kidlash kerakki, Andre transferi uchun 30% ulushidan voz kechdi, lekin bu ham «Korintians»ni ishontirishga yordam bermadi.

2026 yilda Andre barcha musobaqalarda 29 o‘yinda qatnashib, besh gol urdi. Yarim himoyachining klub bilan amaldagi shartnomasi 2029 yil oxirigacha mo‘ljallangan.