Argentinalik himoyachi «Atletiko» Madrid Nauel Molina yozgi transfer oynasida klubni o'zgartirishi mumkin. Ushbu ma'lumotni mashhur insayder Nikolo Skira e'lon qildi.

Manbaning ma'lumotlariga ko'ra, so'nggi kunlarda 28 yoshli futbolchi italiyalik Seriya A klublaridan bir necha takliflar olgan. E'tiborga molik jihati, Molina avvalroq Italiyada o'ynagan: 2020 yildan 2022 yilgacha himoyachi «Udineze»da faoliyat yuritgan va u yerdan «Atletiko»ga o'tgan.

O'tgan klub mavsumida Molina barcha musobaqalarda 46 uchrashuvda qatnashib, ikkita gol urdi va to'rt assist qayd etdi.